Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolari mobil ilovadan pul o‘tkazishda hisob raqamidan pul yechib olinishi va yuqori foizli kreditlar rasmiylashtirilishi kabi muammolarga uchramoqda. Migratsiya agentligi fuqarolardan bank xizmatlaridan foydalanishda shaxsiy ma’lumotlarni hech kimga ma’lum qilmaslikni so‘radi.
Rossiyaning turli hududlarida bir qator salohiyatli ish beruvchilari tomonidan O‘zbekiston fuqarolari uchun qurilish sohasida 10 mingta bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilinmoqda. Fuqarolar nomiga Rossiyada ishlash huquqini beruvchi patent O‘zbekistonda rasmiylashtiriladi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada va’da qilingan maoshini ololmayotgan migrantlar murojaati yuzasidan o‘rganish o‘tkazdi. Natijada, fuqarolarning yashash va mehnat sharoitlarini yaxshilash, oylik maoshlarini o‘z vaqtida berish hamda hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlarini tezlashtirish bo‘yicha kelishuv dalolatnomasi rasmiylashtirildi. Shuningdek, videomurojaatda aytilgan bir kunlik maosh, aslida, bir soatlik ekani ma’lum bo‘ldi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Andijon filiali Rossiyaga ishga jo‘natgan 41 nafar o‘zbekistonliklar va’da qilingan maosh to‘lanmayotganligi va yetarli sharoitlar yaratilmaganligi ustidan shikoyat qilmoqda. Oliy Majlis Senati ushbu holatni o‘z nazoratiga oldi.
Rossiya hududida noqonuniy bo‘lib turgan xorijiy davlat fuqarolariga 15 iyunga qadar o‘z maqomlarini qonuniylashtirishga ruxsat berilgan. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiya hududida bo‘lishni qonuniylashtirish masalasida yordam qidirayotgan fuqarolarni O‘zbekistonning Rossiya mintaqalaridagi Bosh konsulxonalariga hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining telefon raqamlari orqali murojaat qilishga chaqirmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting